Bahodir Mahmudning "Yaldo kechasi" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
Xayriddin Sulton. "Yaldo kechasi" (2025)
⭐️ Shaxsiy ball: 9/10 (Va bu ball faqatgina "O'tkan kunlar" asaridan keyin yozilgani uchun)
Diqqat! Spoyler bo'lishi mumkin. ❗️
Kitobni "O'tkan kunlar"ning mantiqiy davomi sifatida mutolaa qilishingiz mumkin. Uning birinchi qismida Kumushdan judo bo'lib, o'g'li Yodgorbek bilan qolgan umrini Marg'ilonda o'tkazishga qaror qilgan va yakunda rus bosqinchilariga qarshi shahidlarcha halok bo'lgan Otabek, qutidor bobosi hamda Oftoboyim buvisi bilan qolgan Yodgorbekning ilm yo'lidan ketib, muallim bo'lishi, Marg'ilon "Najot" maktabini tashkil qilishi, uning ortidan "Najot" nomli gazeta tashkil etishi, otasi Otabek singari tuhmat balolariga uchrab Sibirga surgun qilinishi haqida gap boradi.
Asarning ikkinchi qismida esa Yodgorbekning ikki o'g'li Ozodbek va Odilbeklar taqdiri haqida boradi. Bobosi va otasi kabi mard va halol bo'lgan bu ikki aka-uka, taqdir taqozosi sabab ikki turli yo'llardan yurishlariga to'g'ri kelsa ham, o'z vijdoni va iymoni oldida hech qachon teskari qadam bosmaydi. Afsuski, ikki aka-ukaning taqdirlari ham bobolari va akalari singari ayanchli yakun topadi.
Asarni o'qinglar! Ko'r ko'zlar ochilsa zora. Muallif kitobning har bir bobida o'zbek millatining dardi qorin, tomosha, hashamat ekanligidan yozg'iradi. Voqealar garchi yuz yillar oldin sodir bo'lgan bo'lsa ham, go'yoki bugunning kuni yoritilayotgandek.
Ruslarning nafaqat o'zbek xalqiga, balki butun Osiyoga qanchalik qabohat va vaxshiylik qilgani esa asarda alohida mavzu sifatida yoritilgan.
🌃 Yaldo kechasi - o'zbek xalqi mustaqillikkacha boshidan kechirgan eng qo'rqinchli, eng jirkanch, eng uzun tun. O'zbekka endi bunday qorong'i tunlar kerak emas.
Kecha "Mr. BBC" kitobxonlik klubimizda guruhimiz a'zosi asar uchun yana bir ajoyib nomni taklif qildi: O'tkan tunlar.
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim
👁 @BahodirMahmud