Bahodir Mahmudning "Sohilsiz dengiz" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
Ahmad Muhammad Tursun. "Sohilsiz dengiz"
⭐️ Shaxsiy ball: 8/10
Islom olamining buyuk olimlaridan biri, muhaddislar ustozi Imom al-Buxoriyning hayot yo'li haqida hikoya qiluvchi ajoyib kitob.
Asarda Buxoriyning dunyoga kelishi, otasidan erta yetim qolishi, onasining yosh olimning ilm olishi, o'qishi yo'lidagi ulkan qiyinchiliklari, shuningdek, Buxoriyning islom dinining eng qimmatli ikkinchi manbaasi (Qur'oni karimdan keyin) sahih hadislar to'plashi, ularni yig'ish maqsadida yurtma-yurt kezishi va Islom olaning eng yirik markazlarida ilm olib, ilm o'rgatishi va yakunda vataniga qaytib, g'alamislar tomonidan tuxmat va zulmlar oqibatida rohat-farog'atda emas, g'urbatda jon bergani haqida hikoya qilinadi.
Asar muallifi kitobda bag'oyat sodda tilda, barcha tushunadigan, o'qishli qilib bayon qilgan. Kitobni o'qib Buxoriy hayoti va ilm yo'lidagi zahmati haqida ko'proq bilib olishingiz mumkin.
🎁 Shaxsiy fikrimcha, kitobga endi qiziqishni boshlayotgan yoki mutolaa odatini shakllantirishni istaydiganlar uchun ajoyib sovg'a bo'lishi mumkin.
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim (https://t.me/BahodirMahmud/304)
👁 @BahodirMahmud