Bahodir Mahmud

Bahodir Mahmudning "Qo‘rqma" asariga taqrizi

7-aprel 2025

#MenOʻqiganKitob

🥶 Javlon Jovliyev. "Qo'rqma" (2020)

"Qo'rqma" har bir oʻzbek talabasi oʻqishi shart boʻlgan asar!

Kitob o'tgan asrning yigirmanchi yillarida Turkistondan Germaniyaga ilm olish uchun yuborilib, yakunda josus sifatida aylanib otib tashlangan 70 nafar talabalar, jumladan Sattor Jabbor (birinchi o'zbek kimyogari), Maryam Sultonmurodova, Ahmad Shukriy, Abdulvahob Murodiy (birinchi o'zbek agronomi), Xayrinisa Majidxonova va boshqalarning hayoti haqida hikoya qiladi.

Kitobxon asarni o'qish davomida ikki zamon oralig'idagi voqealarga guvoh bo'ladi. Goh yuz yil oldinga, goh hozriga zamonga sayohat qiladi. Hozirga zamondagi sayohat paytida esa o'zimizning atrofimizdagi odamlarni uchratadi.

Undan tashqari kitob jamiyatning ilm olishdan boshqa bo'lgan muammolari bilan yuzlashadi. Bu masalalar ustida uzoq o'ylashga majbur qiladi.

❗️ Mustaqillik adabiyotining eng sara besh kitobi orasida bo'lishga arziydigan asar. O'qish davomida negadir Tog'ay Murodning ham, Abdulla Qodiriyning ham imzolarini ko'rgandek bo'ldim. O'qisammikin yoki yo'q deb o'ylanib yurgan bo'lsangiz mutolaani boshlashning ayni vaqti!

⭐️ Shaxsiy reyting: 9/10

📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)

👁 @BahodirMahmud

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help