Bahodir Mahmud

Bahodir Mahmudning "Ochlik" asariga taqrizi

23-sentabr 2025

#MenOʻqiganKitob

Knut Hamsun. Ochlik (1890)

📓 Goodreads: 4.04/5
⭐️ Shaxsiy ball: 7/10

📖 "Carpe Diem" klubi bilan navbatdagi mutolaamiz shu asar bo'ldi.

🎖 Asar muallifi 1920-yil Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgan.

Kitob XIX asr so'nggidagi Kristiana (hozirgi Oslo)da bo'lib o'tgan voqealarni tasvirlaydi.

Asarning boshidan oxirigacha ochlikdan sillasi qurib yashashga majbur bo'lgan, uxlash uchun ham yotoqni arang topadigan bosh qahramonning jismoniy hamda ruxiy zo'riqishlari tasvirlari bilan boyitilgan.

Asar bosh qahramoni chizgilari Hamsun (1859-1952)dan biroz oldinroq yashagan Dostoyevkiy (1821-1881)ning "Jinoyat va jazo" asaridagi Roskolnikov obrazidan ilhomlangan deyiladi.

Asar o'z davri uchun ajoyib mehnat mahsuli hisoblangan bo'lishi mumkin, lekin hozir uchun emas. Chunki hech birimiz asarda ko'rsatilgan ochlik darajasini boshimizdan o'tkazmaganmiz. Shuning uchun kitobni his qilish masalasi biz uchun qiyinroq.

Jahon adabiyotidan boshqa kitoblarga kichik taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/1413)

👁 @BahodirMahmud

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help