"Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari"ga Bahodir Mahmuddan taqriz va iqtiboslar

Taqriz

2-sentabr, 2025

#MenOʻqiganKitob

☹️ Daron Ajemog'lu, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" (🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Why Nations Fail: The Origins of Power, Prosperity, and Poverty) (2012)

⭐️ Shaxsiy ball: 8/10
📓 Goodreads: 4.09/5

🎖 Ta'kidlash kerakki, kitobning ikki mualliflari Daron Ajemo‘g‘li hamda Jeyms Robinson boshqa bir iqtisodchi Saymon Jonson bilan birgalikda ijtimoiy institutlarning shakllanishi va ularning aholi farovonligiga ta'siri bo‘yicha izlanishlari uchun iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan (https://www.nobelprize.org/prizes/economic-sciences/2024/press-release/).

Kitob dunyo yaralishidan boshlab bugungi kungacha bor bo'lga yoki yashab kelayotgan ayrim davlatlarning nega inqirozga yuz tutgani, qanday qilib gullab-yashnagani sabablari bilan o'rtoqlashadi.

Qiziq tomoni, kitob mamlakatlar rivojlanishi uning savdo-sotiq uchun dengiz portlariga yaqin bo'lishi, yoki ulkan tabiiy qazilma boyliklariga ega bo'lishi kerak deb o'ylangan yuzaki fikrlarni  deyarli yo'qqa chiqaradi. Mualliflar asosan, jamiyat va davlatlarning rivojlanishini inklyuziv hamda ekstaktiv institutlarga bog'laydi.

🇺🇿 Kitobda O'zbekistondagi paxta qaramligiga bo'lgan davr haqida alohida bob mavjud.

Kimlar o'qishi kerak? O'zida birlamchi siyosiy va iqtisodiy bilimlarni o'stirmoqchi bo'lgan barcha. Shuningdek tarixchilar va jamiyatshunoslik yo'nalishida tahsil oluvchi barchaga foydali bo'lishi aniq.

✍️ Shaxsiy rivojlanish, biznes, siyosiy va biografik ruxdagi o'qigan kitoblarim uchun kichik taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/1321)

👁 @BahodirMahmud

Iqtiboslar

Hozircha iqtiboslar yoʻq :(
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz