#MenOʻqiganKitob
Sa'dullo Quronov - Galaktikada bir kun 1, 2
⭐️ Shaxsiy ball: 9/10 (Bolalar nuqtai nazaridan)
🛰 "Galaktikada bir kun" - yangi o'zbek adabiyotining yangi "Sariq devni minib"i
Kitob nima haqida? Ahmad ismli ixtirochilikka, ilm-fanga qiziquvchi maktab o'quvchisining koinotdagi ajoyib-u g'aroyib sarguzashtlari haqida.Uning o'zi yaratgan "Ko'kkezar" nomli uchuv kemasida nafaqat sayyoralararo balki galaktikalaro sayohati, voqealar rivojida paydo bo'ladigan murakkab vaziyatlarga oqilona yechim topishi, umumbashariy g'oya hisoblanmish, yaxshilik qilish va yozuvlikka qarshi kurashish yo'lida amalga oshirgan ishlari farzandingizni (Sizni ham) qiziqtirib qo'yishi tabiiy.
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ✅ Albatta. Farzandlarim o'zbek tilida ravon o'qishni o'rganib olgandan so'ng eng birinchilardan bo'lib birgalikda o'qiydigan kitoblarimiz shu ikki kitoblar bo'ladi.
P.S.: 🎁 Bu kitoblarni bemalol boshlang'ich sinfda o'qiydigan bolajonlarga sovg'a qilishingiz mumkin. Asar tili yengil, tushunarli. Murakkab joylariga kitobning o'zi alohida tushuntirish berib ketadi. Kitob o'quvchilarning kosmos haqidagi bilimlarini kengaytirishiga shubha yo'q.
👁 @BahodirMahmud