"Kasofat raqamlar"ga Bahodir Mahmuddan taqriz va iqtiboslar

Kasofat raqamlar

Abduqayum Yo‘ldosh

Reyting: 4.0

Baho: 6 ta Taqriz: 1 ta Iqtibos: 2 ta

Taqriz

8-sentabr, 2025

#MenOʻqiganKitob

Abduqayum Yo'ldoshev. "Kasofat raqamlar"

⭐️ Shaxsiy ball: 7/10

Asar ilstalgan turdagi raqamlarni noodatiy usulda, oldindan ko'ra oladigan Akbar ismli bosh qahramonning g'ayritabiiy bu qobiliyatini maktabdagi ustozi Nazokat opa tomonidan favqulodda kashf etilishi bilan boshlanadi.

Uning bu qobiliyatidan Nazokat opaning o'zi ham, bir vaqtlar mashhur akrobat-sirkchi bo'lgan, hozir esa ichkilikka mukkasidan ketgan ukasi Jonuzoq (Jon Zak) ham maqsadlari yo'lida foydalanib ko'rishadi. Tobora bu "noyob qobiliyat"dan o'z oldiga qing'ir yo'llar bilan pul topishni maqsad qilgan qabih niyatli kimsalar ham xabar topishadi. Masala esa, boshqa: Akbar ularga yordam beradimi yoki yo'q? Buni asarni o'qish davomida bilib olasiz.

Muallifning "Puankare" hikoyasini ko'pchilik o'qigan. Zamonaviy o'zbek adabiyoti hikoyachiligida eng zo'rlaridan biri. Lekin bu asar biroz fantastika yo'nalishi bilan yo'g'rilgani sababli shaxsan men uchun "Puankare"ni bosib o'tolmadi.

🥂 Lekin asar jamiyatda ichkilikbozlik, oson pul topishga ruju qo'yish kabi illatlarga mukkasidan ketish inson uchun ayanchli oqibatlar keltirishini jaydari usulda ko'rsatgan-qo'ygan.

🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim (https://t.me/BahodirMahmud/304)

👁 @BahodirMahmud

Iqtiboslar

Hozircha iqtiboslar yoʻq :(
Logo Logo © 2025 Mutolaa.uz