Bahodir Mahmud

Bahodir Mahmudning "Jamila" asariga taqrizi

22-noyabr 2025

📖 Chingiz Aytmatov. "Jamila"

Yozuvchining manaman degan kitob ixlosmandlarining ikki tomonga ajratib tashlovchi asari. 

Eri urushga ketib, oʻzi erkaklarday teppa-teng ishlab, front uchun bugʻdoy tashigan Jamilani urushdan yarador boʻlib qaytgan Doniyorga koʻngil qoʻyib, yakunda u bilan qochib ketishini oqlaysizmi, qoralaysizmi farqi yoʻq. Qanday fikrda boʻlishingizdan qat'i nazar oʻzingiz uchun haqsiz.

Yozuvchi Jamila obrazi orqali aslida insonning ichki dunyosiga yuzlanadi. Inson qalbining tub-tubida yashiringan orzu-istaklar, umidlarni aqlimiz bilan amalga oshiradigan, jamiyat tomonidan biz uchun belgilab berilgan, urf-odatlar suvi bilan sugʻorilgan hatti-harakatlarga nisbatan zidlantiradi.

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help