Bahodir Mahmudning "Behalovat avlod" asariga taqrizi
#MenOʻqiganKitob
📔 Jonatan Haidt. Behalovat avlod (2024)
📁 Janr: Ilmiy-ommabop | Bola psixologiyasi | Shaxsiyat
⭐️ Shaxsiy ball: 9/10
❔ Kimlar oʻqishi kerak?
Bill Geyts aytganidek, bugungi kun bola bilan ishlovchi hamma. Avvalo, ota-onalar, bogʻcha tarbiyachilari, maktab ustoz va rahbariyati, trenerlardan tortib repetitorlrgacha.
❔ Nega oʻqish kerak?
2010-yildan boshlab aqlli telefonlar nafaqat kattalar, balki bolalar va oʻsmirlar hayotida ham ajralmas qismga aylanishni boshladi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar bolalar va oʻsmirlarning eng yaqin "doʻsti"ga aylandi. Afsuski, bu jarayon ularning shaxsiyatida, psixologiyasida jiddiy boʻshliqlar hosil qildi. Muallif oʻz kitobida buni shunchaki fikrlar bilan emas, real faktlar, tahlillar va xulosalar bilan koʻrsatib beradi.
Oʻyinlarga asoslangan bolalikning oʻz oʻrnini qanday qilib gadjetlarga asoslangan bolalikka osonlik bilan boʻshatib berganini kitobda keltirilgan ilmiy asoslarda koʻrib hayron qolmay ilojingiz yoʻq. Zed avlodda oʻzidan oldingi avlod vakillari kabi koʻcha va undagi oʻyinlar yordamida qoʻrquv adrenalini, tavakkalchilik, mayda-chuyda jarohatlar olish, vaziyat ustida eng toʻgʻri qarorni qabul qila olish kabi jarayonlarning yoʻqolib borayotgani (yoki butunlay yoʻqolgani) turfa xil diagramma va jadvallar yordamida ifodalanadi.
Feysbukda 2011-yil, instagramda esa 2013-yillarda oʻz profillarimni ochgan ekanman. Kitobni oʻqib boʻlib ikkalasini ham deaktivatsiya qildim. Shuningdek, Biloliddin oʻgʻlimga ham toki 18 yoshga yetmaguncha smartfon olib bermaslikka qaror qildim.
🎁 Oʻzbek kitobxonlari uchun atalgan ajoyib tarjima - sovgʻa uchun "Farengeyt Press" nashriyotiga ulkan minnatdorchiligimni bildiraman.
Psixologiya, shaxsiy rivojlanish, biografiyaga doir boshqa kitoblar
🎯 @BahodirMahmud