Azizbek G'ulomovning "Qo‘rqma" asariga taqrizi
"Qo'rqma" asari haqida
Asarni oʻqishni 10-11 sinf oʻquvchilari va talabalarni eng koʻp maslahat bergan boʻlar edim. Lekin umuman olganda hamma oʻqisa boʻladi 18+ yoshda boʻlgani yaxshi.
Asar qandaydur qoʻrqmaslik oʻrgatadigan motivatsion emas yoki qandaydur toʻqima voqealar ham emas. Bu yerda haqiqatda yuz bergan oʻzbek millatimizni tarixi badiiy ravishda time-travel uslubida yoritilib berilgan.
Asosiy mavzu yurtimizning bir paytlar Olmoniyaga joʻnatilgan 70 ta talabasi haqida.
Man bu kitobni ancha ancha oldin bir paytlar dasturlashni oʻrganayotgan paytlarim yarmigacha oʻqigan edim. Vauv borakanku shunaqa asarlar bizlarda ham degandim (oʻzbek adabiyotidan kam oʻqiyman chunki yoshligimda baʼzi asarlarni oʻqiganimda qiziqtira olmagan va katta oʻzbek asarlarini oʻqimaganman ham shu tomoni ham bor). Shu shu yana oʻqishni boshladim, bu safar yakuniga ham yetdik. Asarni shu oʻrtalarida yetganimda qandaydur roman gʻoyasi qayta qayta aylantirilgandek tuyuldi lekin soʻnggidagi boshqacha yakun bilan yopilib ketti deya olaman.
Umuman olganda oʻqisanglar bekorga qandaydur oʻylab topilgan hikoyani oʻqimaysizlar, tarixni oʻzimizning tarixni oʻqiysizlar.
Ular Oʻzbekning haqiqiy talabalari edi, oʻzbekning 70 talabasi.
#kitob
t.me/azizify