Azizbek G'ulomov
2026-yildan beri a'zo
"Stiv Jobs" kitobi haqida
Biografiya yoʻnalishiga oid kitoblar orasida manimcha top darajada turadigan kitoblardan boʻlsa kerak. Chunki bu kitobni yozilishini Stivni oʻzi xohlagan va Ayzeksonga umri yakunlanib borayotganligini u haqida kitob yozishini undan soʻraydi.
Kitob biron manbaga asoslanmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri Jobsni oʻzidan eshitilib hikoyalar olingani kitobdagi maʼlumotlar anchayin toʻgʻriligini taʼminlab bergan.
Albatta maʼlumotlar bitta Jobsdan olinmagan, unday boʻlsa toʻgʻri boʻlmasdi. Stivni hayotidagi barcha qahramonlardan alohida alohida hikoyalar eshitilgan va yozuvchining judayam mahorati bilan bular toʻgʻri ketma-ketlikda yozilgan.
Qahramonimizni hayotini oʻqigan odam sifatida uni judayam perfeksionist va judayam prinsiplariga yopishib olgan odam deb taʼriflayman. Oʻzi aksariyat buyuk insonlarda noyob va murakkab feʼl-atvor boʻladi va bu aynan Stivda ham bor.
Bu unda oʻsmirlik davridan ham boʻlgan, misol uchun, u judayam vegetarianlikka yopishib olgan edi oʻsmirlik payti ham hech narsa yemasdan shunchaki meva yeb yashab yurardi. Hattoki u yuvinmasdi, agar meva yeb yursam men yuvinishim shart emas deb shunday yurardi. Hayoti yakunlanayotganda ham uni saqlasa boʻlardi lekin u shu vegetarianlikka yopishib olgani uchun ham sogʻligida salbiy taʼsirlar paydo qiladi, fikrimcha o'limiga ham sababchi.
Jobsning yana bir murakkab fe'llaridan biri u istagan insonni ishini bu rasvo buni ko'zimdan yo'qot deb baqirib haydashi mumkin edi (keyinchalik ma'lum bir muddat o'tgandan so'ng men zo'r idea topdim deb yana shuni aytardi ko'pincha) yoki ba'zi insonlarni g'oyalarni haqiqiy dohiyona deb maqtashi ham mumkin edi.
Xullas hozir aytgan gaplarim xamir uchidan bir patir yaxshisi kitobni o'qing, kitob anchagina katta.
t.me/azizify
Hozircha iqtiboslar yo'q
Hozircha kundalik yozuvlari yo'q