"Jinoyat va jazo"ga Mohidil taqrizi

24-apr. 2023

Hayotda insonni qo‘rquv va muhabbat boshqaradi, deyishadi. Asar mohiyatida ham aynan insonni mana shu ikki his boshqarishi haqida yoziladi. Qahramonni jinoyatga undagan va syujetni rivojlantirgan qo‘rquv bo‘lsa, uni hayotga qaytargan muhabbat ekani ma’lum.

Kitobxon asarni o‘qirkan, muallif inson ruhining tarjimoni ekanini sezadi. Chunki u inson qalbidagi eng go‘zal tuyg‘ularni ham, eng tuban kechinmalarni ham haqqoniy ochib bera olgan.

Kitob o‘zini kashf qilishni, yaxshi-yomon tomonlariga oyna tutishni istaganlar uchun.

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.