"Jinoyat va jazo"ga Azimbek Xushmamatov taqrizi

14-noy. 2025

Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" asarini tugatdim. Asar uchta liniyadan tashkil topgan. Bular, jinoyat, jazo va muhabbat liniyasi. Raskolnikov insonlar ikki turga, oddiy odamlarga va favqulodda odamlarga bo'linadi, deb hisoblaydi.

O'zining Napaleon bo'lish g'oyasi uchun, katta-katta yaxshi ishlarni qilish uchun kichik jinoyatlarga ruxsat beriladi, degan fikrini isbotlash uchun u kampirni o'ldirgani boradi. Inson g'oyalardan tashkil topadi deya ishoniladi. Raskolnikov ham hayotining mazmuniga aylangan fikrni realizatsiya qiladi. Ammo bu kutilganidek bo'lib chiqmaydi.

Qahramon bu qotillik orqali o'zimni o'ldirdim deya xitob qiladi. Demak u jinoyat orqali g'oyani o'ldirganini ham tan oladi. Mana shundan keyingi bo'shliq esa unga azob beradi. Toki u Sonya obrazi bilan tanishmaguncha, muhabbatni topmaguncha. Mana shu yo'lda topgan muhabbati o'zini kechirishga, poklanishiga sabab bo'ladi. Muhabbat qutqaradi!

Biz suhbatlarimiz davomida asarda ikki yoki uch bora eslab o'tilgan bir personajga e'tibor qaratdik. Bu Raskolnikov uylanaman, degan biroq erta vafot etgan kasalmand qiz. Bizda savol tug'ildi, Raskolnikov uni haqiqatan sevganmi yoki oliyjanoblik qilmoqchi bo'lganmi? Raskolnikov sevgan, chunki kampirni o'ldirish rejasi haqida u bilan suhbatlashardim, deydi. Menimcha, bunday reja duch kelgan odam bilan gaplashilavermaydi. Shuningdek, qiz bunga qarshi edi deydi. 

Qizning bunga qarshi bo'lgani sababidan jinoyat sodir etilmay turgani va uning o'limidan so'ng Raskolnikov bunday mudhish xatoga yo'l qo'ygani ham tasodif emas. Bosh qahramon qalbida bo'shab qolgan muhabbatning o'rnini nafrat qoplaydi va kampir o'ldiriladi. Shuning uchun ham asarni muhabbatdan muhabbatgacha deyish mumkin. Chunki aynan Sonya Marmeladova Raskolnikovdek osiy bandani ham sevish mumkinligini ko'rsatadi va uni qutqaradi.

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.