Z

Zohidjon Xolov

Tavalludi
17-oktabr 1986
Hikoya

Zohidjon Xolov 1986-yilning 17-oktabrida Parkent tumanida tugʻilgan. U 2003-yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Zominda oʻtkazilgan isteʼdodli yosh ijodkorlarning 7-anʼanaviy Respublika anjumanda ishtirok etgan. Shu yili “Kamolot” YoIH tashkillashtirgan “Isteʼdod – 2003″ koʻrik-tanlovida sheʼrlari yuqori baholanib, “Mohir ijodkor” nominatsiyasi boʻyicha I darajali diplom bilan taqdirlandi. 2004-yili 0’zDJTUning Xalqaro jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Bakalavr yoʻnalishini 2008-yili tamomladi va hozirda mazkur fakultetning II kurs magistrantidir (2010). Jurnalistika sohasida rasman faoliyatini 2006-yili “Sogʻlom avlod» respublika gazetasida boshladi. 2007-yili Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning qisqacha soʻzboshi bilan “Olamvor orzular” nomli ilk sheʼriy toʻplami chop etildi. 2007-yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan Respublika tanlovida Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori boʻldi.  Zohidjon ayni kunda “Maʼrifat” (2008) gazetasida ishlayapti.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Tongotar Zohidjon Xolov
Tongotar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.