Ziyo Samadiy

Ziyo Samadiy

15.04.1914 20.11.2000

0.0 (0 ta baho)
Roman

Ziyo Samadiy (1914. 15. 4, Toldiqoʻrgʻon viloyati Panfilov qishlogʻi – 2000. 20. 11) – uygʻur yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi, zamonaviy uygʻur adabiyoti asoschilaridan. Qozogʻiston xalq yozuvchisi (1986). Sharqiy Turkistonda yashagan (1931–60).
Gomindan hukumatiga qarshi ozodlik kurashida qatnashgan, qamalgan (1937–44). XXR Shinjon (Sintszyan) uygʻur muxtor respublikasi madaniyat ishlari vaziri, yozuvchilar uyushmasi raisi (1950–57). 1957-yil Xitoy Kompartiyasi rahbarlarining siyosatiga qarshi chiqqani uchun hamma lavozimlardan boʻshatilgan va Qurla viloyatiga ogʻir jismoniy mehnat jabhasiga yuborilgan. 1961-yil Qozogʻistonga qaytgan.
Sheʼrlari 1934-yildan “Ili gazeti”da bosilgan. Pyesalari (“Qonli dogʻ”, 1934; “Xitoy zindonlarida”, 1947; “Loshmon”, 1950; “Zulmga zavol”, 1952), tarixiy romanlari (“Moyimxon”, 1965; “Yillar siri”, toʻrt kitobdan iborat, 1967–96; “Gʻani botir”, 1979; “Ahmad afandi”, 1977) da uygʻur xalqining milliy ozodlik kurashi oʻz ifodasini topgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Yillar siri
Yillar siri

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.