Zarifa Saidnosirova

Zarifa Saidnosirova

30.09.1908 16.08.1986

1.0 (1 ta baho)
Biografik

Saidnosirova Zarifa - kimyogar olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1970), kimyo fanlari nomzodi (1945), birinchi oʻzbek ayol rassomi, taniqli maʼrifatparvar S. Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi. 1908-yil 31-sentabrda Qozogʻistonning Turkiston shahrida tavallud topgan. Toshkentda "Pestolotssi" maktabi (1922-26), Navoiy nomidagi taʼlim-tarbiya texnikumi (1924—-36) va soʻngra Rozanov tasviriy sanʼat studiyasida (1924-26) oʻqigan. Soʻng Oʻrta Osiyo universiteti fizika-matematika fakultetining kimyo boʻlimini tugatib (1926-30), oʻrta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. Qishloq xoʻjalik institutida oʻqituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930-86), Toshkent tibbiyot institutida oʻqituvchi (1932-37), Oʻquv-pedagogika nashriyotida muharrir (1934-35). Oʻrta maktablar va texnikumlar uchun "Kimyo" darsligi (1933) muallifi. Zarifa pedagogik faoliyatidan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha-oʻzbekcha lugʻati ustida ilmiy ish olib borgan. U Oybek adabiy merosini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qoʻshgan. U adibning oʻzbek tilidagi 2 jildlik "Mukammal asarlar toʻplami" (1975-85)ni, rus tilidagi 5 jildlik "Asarlar"i (1985- 87)ni nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy sanʼatga oid ishlari Oybek uymuzeyida saqlanadi.

Zarifa Saidnosirova 1986-yil 16-avgustda Toshkent shahrida vafot etgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Oybegim mening
Oybegim mening

2019

1.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.