Y

Yulius Fuchik

23.02.1903 08.09.1943

0.0 (0 ta baho)
Qissa

Yulius Fuchik (1903. 23. 2, Praga – 1943. 8. 9, Berlin) – chex yozuvchisi, tanqidchi va jurnalist. ChSSR Milliy qahramoni. Plzendagi real gimnaziyani tugatgach (1921), Praga universitetining falsafa fakultetida oʻqigan. 1922-yildan adabiyot va teatr masalalariga oid maqolalar chop eta boshlagan. “Kmen” (“Stvol”, 1927–29) va “Tvorba” (“Ijod”, 1927–28) jurnallariga muharrirlik qilgan paytida barcha ilgʻor kuchlarni yagona front atrofida birlashtirishga uringan. 1930 va 1934–36-yillarda SSSRda boʻlib, safar taassurotlari asosida “Ertangi kunimiz kechagi kun boʻlib qolgan mamlakatda” (1932) kitobini yozgan. SSSRga qilgan 2-safari vaqtida Oʻzbekistonda birmuncha vaqt yashab, mamlakatimizda roʻy bergan oʻzgarishlarni kuzatgan va oʻzbek xotin-qizlari hayotiga bagʻishlangan “Tojixon Shodiyeva tarixi”, “Roziyaxon Mirsoatova” singari ocherklar yozgan. Fuchik Oʻrta Osiyo xalqlari hayotiga doir 24 ta ocherk va maqola eʼlon qilgan. Fuchikning 30-yillar soʻngidagi adabiy-tanqidiy faoliyatida umuminsoniy qadriyatlarni fashizm xavfidan saqlab qolish gʻoyalari ustuvorlik qiladi. 1942-yil aprelda Chexoslovakiya kompartiyasining yashirin nashrlariga rahbarlik qilgani uchun gestapo tomonidan hibsga olingan va 1943-yilning yozida Germaniyaga olib ketilib, qatl etilgan. Fuchik Pragadagi Pankrats qamoqxonasida “Dor ostidagi soʻz” (1942) kitobini yozgan. Koʻpgina tillarga tarjima etilgan ushbu kitob fashizmga qarshi mardona kurash olib borgan kishilar, shu jumladan, Fuchikning oʻzi haqidagi, ularning matonati va jasorati haqidagi hujjatli qissadir. Fuchik Tinchlik tarafdorlarining 2-butunjahon kongressida Xalqaro tinchlik mukofoti bilan taqdirlangan (1950). Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Dor ostidagi so‘z
Dor ostidagi so‘z

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.