- Tavalludi
- 23-aprel 2024
Atoqli turk shoiri Yovuz Bulant Boqilar (Yavuz Bülent Bâkiler) 1936 yilda Sivas shahrida tugʻilgan. Dastlabki sheʼrlari “Qoʻbuz”, “Oʻrxun” va “Hisor” jurnallarida chiqa boshladi. Soʻngra toʻrt sheʼriy kitobi – “Yolgʻizlik” (1962), “Chakmon” (1971), “Duvoq” (1971) va “Sening-la” (1980) bosilib chiqdi va bu kitoblarning har biri 3-4 marta qayta nashr etilgach, hammasi bir saylanmaga jamlanib, 2001 yilda “Xirmon” nomida chop etildi.
Yovuz Bulant Boqilar, shuningdek, yoʻl xotiralari, adabiy portret janrlarida ham ijod qilgan. Uning “Uskupdan Kosovaga”, “Turkiston, Turkiston” nomli xotira kitoblari, “Oshiq Veysal”, “Mehmet Okif” ocherk kitoblari shular jumlasidandir.
2006 yil 20-22 sentyabrda Turkiyaning Elozigʻ shahrida boʻlib oʻtgan “Hazar sheʼr oqshomlari”da Yovuz Bulant Boqilar tavalludining 70 yilligi va adabiy faoliyatining 50 yilligi keng nishonlandi va taniqli munaqqidlar va olimlar tomonidan adib ijodi yuksak sheʼriyat namunasi sifatida baholandi.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Turkiston, Turkiston
|
1986 |
4.8
(4)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Turkiston, Turkiston
|
1986 | Tarixiy |
4.8
|