Yoshiko Shibaki

Yoshiko Shibaki

07.05.1914 25.08.1991

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Atoqli yapon adibasi Yoshiko Shibaki (Shibaki Yoshiko (yap. 芝木 好子) 1914-yilning 7-mayida Tokioda savdo-sotiq bilan shugʻullanadigan oilada tugʻilgan. Dastlab qizlar maktabida, keyinchalik Surugadai akademiyasida ingliz tilini oʻrgangan. Otasi vafotidan keyin 1939-40-yillar mobaynida Mitsubishi (Mitsubishi) iqtisodiy tadqiqotlar markazida ishlagan. Xuddi oʻsha yillar iqdisodiy fanlar professori Kiyoshi Osima bilan turmush qurgan. Yoshiko Shibakining dastlabki asarlari 1930-yillar oʻrtasidan boshlab yapon jurnallarida bosila boshlaydi. 1941-yili yapon adabiyoti olamida eʼtiborli sanalgan Akutagava mukofoti bilan taqdirlangan. 1946-yili uning ilk romani nashr etiladi. 60-yillarning boshida uning avtobiografik trilogiyasi bosilib chiqadi va bir qator mukofotlar bilan taqdirlanadi. Yoshiko Shibaki 1981-yili Yaponiya Sanʼat akademiyasi aʼzoligiga saylanadi. 1984-yili yapon adabiyotining Oliy mukofotiga sazovor boʻladi. 1989-yilning may oyida adiba ijodi va shaxsiyatida yapon madaniyatini ifoda etgan ijodkor va inson deb eʼlon qilinadi. Yoshiko Shibaki 1991-yil 25-avgustda vafot etgan.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Van Gogning qabri
Van Gogning qabri

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.