Yoqutxon Rahimova

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Yoqutxon Rahimova 1947-yil 1-yanvarda Toshkentda ziyoli oilasida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tugatib, u odatdagidek, filologiya yoki jurnalistika fakultetlariga emas, Toshkent Davlat Politexnika institutiga boradi. Uni muvaffaqiyatli tugatib, muhandis maqomini oladi. Biroq, unda adabiyotga uygʻongan havas ustun kelib, badiiy ijod sohasiga yetaklab keladi. Yoqutxonning dastlabki “Koʻrishguncha, xayr!” nomli qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida (1979) bosilgach, u adabiy jamoatchilik va kitobxon eʼtiboriga tushadi. Adibaning “Gʻurur” nomli ilk hikoyalar toʻplami (1978) “Kamalak” (sobiq “Yosh gvardiya”) nashriyotida chop etilgan. Shuningdek, uning yoshlar va oʻsmirlar uchun yozilgan “Koʻngil” nomli qissa va hikoyalar toʻplami ham nashr qilingan. Yoqutxon Rahimovaning oʻzbek va rus tillarida chop qilingan “Bu Sizga, oyijon!” (1987) nomli hikoyalar toʻplami bolalarga bagʻishlangan. Adibaning ushbu “Bu Sizga, oyijon!” nomli toʻplamidagi jajji kichkintoylarga atalgan hikoyalari oʻzining begʻubor va shirin tili, sodda va aniq ifodaliligi bilan yosh kitobxonlarni oʻziga rom qiladi. Uning koʻpgina hikoyalari chet va qardosh xalqlar tillariga ham tarjima qilingan. Yoqutxon Rahimova 1980-yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi. U hozirgi kunda “Gʻuncha” jurnalida bosh muharrir boʻlib ishlamoqda.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Yoqutxon Rahimova
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz