Yangiboy Qoʻchqorov 1958-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida tugʻilgan. Toshkent Qishloq xoʻjalik instituti(hozirgi Agrar universitet)da oʻqigan. «Turkiston», «Qishloq hayoti», «Xalq soʻzi», «XXI asr» gazetalarida ishlagan. Ayni kunda «Pravda Vostoka» va «Jamiyat» gazetalarida muxbir vazifasida faoliyat koʻrsatmoqda. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist. 2012-yilda chop etilgan «Jayhun boʻlib oqqan soʻz» nomli kitobida 50 mumtoz va hozirgi zamon qoraqalpoq shoirlaridan qilgan tarjimalari, 40 adib hamda shoirlarimiz haqidagi esse, etyudlari berilgan.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Etikdoʻzning elchisi
Yangiboy Qoʻchqorov
Etikdoʻzning elchisi
|
— |
5.0
(1)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Etikdoʻzning elchisi
Yangiboy Qoʻchqorov
Etikdoʻzning elchisi
|
— | Hikoya |
5.0
|