Xurshid Davron

image
10
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya tragediya

Isteʼdodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952-yil 20-yanvar kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlogʻida xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 1969-yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining kechki boʻlimiga kirib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi. 1971-1973-yillar davomida harbiy xizmatni oʻtab qaytgach, oʻqishni davom ettiradi. 1974-yildan 1992-yilgacha turli nashriyotlarda ishlaydi. 1996-2014 yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi OʻzTV Bosh muharriri, “Toshkent”, “Yoshlar”, “Oʻzbekiston” telekanallari direktori vazifasida ishlagan Xurshid Davron sheʼriy tarjima bilan ham shugʻullanib keladi. Hozirgi kunda shoir tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Unga “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan. Xurshid Davronning ilk sheʼrlari 1976-1977-yillardan boshlab tuman va viloyat gazetalarida bosilgan. 1976-1978-yillar davomida uning bir qator sheʼrlari chop etilgan. 1979-yili birinchi va ikkinchi kitoblari: “Qadrdon quyosh”, “Shahardagi olma daraxti” bosilib chiqadi. Shundan soʻng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi: “Tungi bogʻlar” (1981), “Uchib boraman qushlar bilan” (1983), “Toʻmarisning koʻzlari” (1984), “Bolalikning ovozi” (1986), “Qaqnus” (1987), “Samarqand xayoli” (1991). Soʻnggi toʻplam oʻzbek xalqi tarixiga oid koʻrkam qissalardan iborat. Uning istiqlolimizni ardoqlovchi yangi sheʼrlar kitobi “Bahordan bir kun oldin” nomi bilan nashr etildi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat “Qirq bir oshiq daftari” (1989) va yapon shoirlarining sheʼrlaridan tarkib topgan “Dengiz yaproqlari” (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Bundan tashqari, Xurshid Davron “Sohibqiron nabirasi” (1995), “Shahidlar shohi” (1997) kabi tarixiy qissalar ham yozgan. Dramaturg sifatida “Mirzo Ulugʻbek”, “Bobur shoh”, “Avrangzeb” kabi tarixiy mavzudagi dramalarini yaratgan. Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Temurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YuNESKO qarorgohida, “Odeon” teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli “Temurnoma”, 2 qismli “Buxoroyi Sharif” videofilmlari ssenariylari muallifi.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz