Xulio Kortasar

Xulio Kortasar

26.08.1914 12.02.1984

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

«Argentinaning birinchi raqamli adibi» – XX asrning 60-70-yillari jahonning nufuzli tanqidchilari mashhur yozuvchi Xulio Kortasarga shunday ta’rif bergan edilar. Bu baho hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Yozuvchining «Imtihon», «Yutuq» kabi romanlari, «Ta’qibchi», «Manuyelning kitobi» kabi qissalari, «Boshqa bir osmon», «Janubiy shosse», «Avtobus», «Iblis so‘lagi», «Istilo qilingan uy» kabi hikoyalari jahon adabiyotiga munosib ulush bo‘lib qo‘shildi. Xulio Kortasar (1914-1984) nasrning barcha janrlarida barakali ijod qildi. Aytish mumkinki, mohir hikoyanavis Kortasar hikoya janrida kashfiyot yasay oldi.«Mixlab tashlangan eshik» hikoyasida usta ishbilarmon Petronening kechinmalari orqali insoniy muloqot ehtiyoji his qilinadi. Kortasar tilga olgan eshik ortida eshitilgan yig‘i, go‘dak ham, uni allayotgan ona ovozi ham – bularning bari boshqa bir inson, Petronening tungi «men»i, uning shaxsan yolg‘izligidir; o‘zi yop-yorug‘ kunduz kuni tan olmagan, anglab yetmagan beg‘araz, toza insoniy muloqotga, inson taftiga kuchli ehtiyoj sezishidir. Xulio Kortasarning boshqa hikoyalari kabi «Mixlab tashlangan eshik» hikoyasi ham bizning hikoya janri haqidagi tasavvurimizni boyitadi, olam va odam haqida chuqurroq o‘ylashga, fikrlashga undaydi.

Kitoblar (10)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Montekilyaning so‘ng... Xulio Kortasar
Montekilyaning so‘nggi kuni

0.0 (0)
Liliana yig‘layapti Xulio Kortasar
Liliana yig‘layapti

0.0 (0)
Biz Glendani shunday... Xulio Kortasar
Biz Glendani shunday yaxshi ko‘rardik

0.0 (0)
Bemorlarning salomat... Xulio Kortasar
Bemorlarning salomatligi

0.0 (0)
Aksolotl Xulio Kortasar
Aksolotl

0.0 (0)
Biri kam dunyo Xulio Kortasar
Biri kam dunyo

0.0 (0)
O‘yinning tugashi Xulio Kortasar
O‘yinning tugashi

0.0 (0)
Shishaga solingan ma... Xulio Kortasar
Shishaga solingan maktub

0.0 (0)
Onamning maktublari Xulio Kortasar
Onamning maktublari

0.0 (0)
O‘tayotgan bog‘lar Xulio Kortasar
O‘tayotgan bog‘lar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help