Xuan Rulfo

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa

Lotin Amerikasi adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Xuan Rulfo 1917-yili Meksikaning Xalisko shtatida tug‘ilgan. U ko‘p yillar fotografiya va kino bilan shug‘ullandi. Uning «Olov tekisligi» novellalar to‘plami (1953) va «Pedro Paramo» romani (1955) adabiyot olamida katta hodisa bo‘ldi. Pedro Paramoning «Pedro Paramo» (1967, 1978, 2010) «Oltin xo‘roz» (1980) asarlari ekranlashtirilgan. Yozuvchi o‘zini qiynagan dardlarni bir qator hikoya va qissalarda aks ettiradi. Bu narsa, ayniqsa, «Pedro Paramo» qissasida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Menippiya janri jahon adabiyotining eng qadimiy va, afsuski, kamdan-kam san’atkor qo‘l urishga jur’at etadigan mashaqqatli janrlaridan biridir. Xuan Rulfo menippiya janri talablaridan kelib chiqqan holda o‘lim orqali hayotiy voqealarni tahlil qiladi: soflik nima-yu, yolg‘on nima, bu olamda qay bir ishimiz boqiy qoladi-yu, qay biri bargi xazondek to‘zib ketadi, degan masalalar haqida fikr yuritadi.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Xuan Rulfo
qissa
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz