X

Xorxe Luis Borxes

24.08.1899 14.06.1986

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Xorxe Luis Borxes (Jorge Luis Borges) – argentinalik mashhur yozuvchi, shoir, ajabiy tanqidchi. Oʻzining ruhiy va falsafiy novellari bilan mashhur. Lotin Amerikasining eng mashhur yozuvchilaridan biri. Xorxe Luis Borxes Buenos-Ayresda tugʻilgan, oʻsmirligi Yevropada oʻtgan, shu yerda taʼlim olgan. 1920-yillarda oʻz yurtiga qaytgan adib dastlab shoir sifatida mashhur boʻladi. 1955-yildan milliy kutubxona direktori boʻlib ishlaydi. Koʻzi koʻrmay qolgach, 1973-yili ishdan boʻshaydi. Bir qancha milliy adabiy mukofotlar sohibi; Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniyaning oliy mukofotlari sovrindori; Sorbonna, Oksford, Kolumbiya (Nyu-York) universitetlarining faxriy doktori. Kitoblari: “Buenos-Ayres jaziramasi” (Fervor de Buenos Aires, 1923), “Qarshi tomondagi oy” (Luna de enfrente, 1925), “Tekshiruv” (Inquisiciones, 1925), “Mening umidimdagi hajmlar” (El tamaño de mi esperanza, 1926), “Argentinaliklar tili” (El idioma de los argentines, 1928), “San-Martin maydoni daftari” (Cuaderno San Martín, 1929), “Evaristo Karrego” (Evaristo Carriego (1930), “Muhokama” (Discusión, 1932), “Sharmandalikning umumiy tarixi” (Historia universal de la infamia, 1935), “Mangulik tarixi” (Historia de la eternidad, 1936), “Toʻqimalar” (Ficciones, 1944), “Kashfiyot” (Artificios, 1944), “Alef” (El Aleph, 1949), “Yangi tekshiruvlar” (Otras inquisiciones, 1952), “Bajaruvchi” (El Hacedor, 1960), “Boshqa, xuddi oʻzi” (El otro, el mismo, 1964), “Soya maqtovi” (Elogio de la sombra, 1969), “Broudining xabari” (El informe de Brodie, 1970), “Yoʻlbarslar oltini” (El oro de los tigres, 1972), “Qum kitobi” (El libro de arena, 1975), “Koʻngildagi atirgul” (La rosa profunda, 1975), “Temir tanga” (La moneda de hierro, 1976), “Tun ertagi” (Historia de la noche, 1977), “Etti kecha” (Siete noches, 1980), “Sirli xat” (La cifra, 1981), “Dante haqida toʻqqiz esse” (Nueve ensayos dantescos, 1982), “Shekspir xotirasi” (La memoria de Shakespeare, 1983), “Atlas” (Atlas, 1984), “Fitnachilar” (Los conjurados, 1985).

Kitoblar (9)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Medalon Xorxe Luis Borxes
Medalon

0.0 (0)
Xaroba doiralari Xorxe Luis Borxes
Xaroba doiralari

0.0 (0)
O‘lim va Bussol Xorxe Luis Borxes
O‘lim va Bussol

0.0 (0)
Murdalar mashvarati Xorxe Luis Borxes
Murdalar mashvarati

0.0 (0)
Shafqatsiz xaloskor... Xorxe Luis Borxes
Shafqatsiz xaloskor Lazarus Morel

0.0 (0)
Beg‘araz qotil Bill... Xorxe Luis Borxes
Beg‘araz qotil Bill Xarrigan

0.0 (0)
Qaroqchi Ching bevas... Xorxe Luis Borxes
Qaroqchi Ching bevasi

0.0 (0)
Sohildagi uchrashuv Xorxe Luis Borxes
Sohildagi uchrashuv

0.0 (0)
O‘z labirintida halo... Xorxe Luis Borxes
O‘z labirintida halok bo‘lgan Ibn Hoqon al-Buxoriy

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help