X

Xans-Xaynts Evers

Tavalludi
3-noyabr 1871
Vafoti
12-iyun 1943
Hikoya

Xans-Xaynts Evers (1871–1943) nemis adibi. XX asr boshlarida yashab ijod etgan. Uning onasi mashhur kishilar sulolasiga mansub bankirning nevarasi, otliq askarlar qoʻshini generalining qizi edi. Otasi esa rassom boʻlgan. Evers toʻrt yoshidan boshlab sheʼr va ertaklar mashq qila boshlagan. Ijodining dastlabki yillarida adib oʻzining ikki “oltin” toʻplami – “Shayton vasvasasi”, “Dahshatlar” kitoblarini chop ettirdi. Ushbu toʻplamdan “Qirollar qalbi”, “Jonsiz yahudiy”, “Tofarkelin”, “Oʻrgimchak”, “Stanislava d’ Aspning soʻnggi istagi” kabi durdona hikoyalari joy olgan. Keyinchalik u oʻquvchilarga oʻzining safar taassurotlari bilan bogʻliq yoʻl ocherklari “Hindiston va men”, “Nigohlarim bilan” kitoblarini taqdim etdi. U yuzlab novella, oʻnlab roman, oʻttizga yaqin esse va koʻplab tarjimalar, 168 ta sheʼr muallifi hamdir.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Oʻrgimchak Xans-Xaynts Evers
Oʻrgimchak

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.