Vladimir Korolenko

Vladimir Korolenko

15.07.1853 25.12.1921

0.0 (0 ta baho)
Qissa

Korolenko Vladimir Galaktionovich [1853. 15(27). 7, Jitomir – 1921. 25. 12, Poltava] – rus yozuvchisi, publitsist, jamoat arbobi. Peterburg (1900–02) va Rossiya (1918) Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi.
Ilk hikoyasi – «Izlovchi hayotidan lavhalar» (1879). «Maftunkor» (1880), «Fyodor» (1885), «Ko‘r muzikachi» (1886), «Cherkas» (1888), «Ot dovon» (1892), «Go‘ng» (1895), «Shu’lalar» (1901) singari hikoya va qissalarida zulm, zo‘ravonlikka qarshi chiqqan, istibdod va tuhmat qurboni bo‘lgan mazlumlar qismati aks etgan.
«Zamondoshim tarixi» (1922) avtobiografik asari va boshqa asarlarida demokratiya va gumanizm g‘oyalari ilgari surilgan. 1920-yili Lunacharskiyga yozgan maktublarida [«Novыy mir» («Yangi dunyo») jur., 1988 y. №10, Moskva] Rossiyadagi inqilob istiqboliga ishonmasligini bayon etgan va fuqarolar urushida bolsheviklarning beboshliklari haqida g‘azab bilan yozib, sudsiz otishlar va bolalarning o‘ldirilishiga qarshi chiqqan. Asarlari jahondagi ko‘pgina tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Xo‘rlangan bolalar Vladimir Korolenko
Xo‘rlangan bolalar

0.0 (0)
Ko‘r muzikachi Vladimir Korolenko
Ko‘r muzikachi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help