- Tavalludi
- 10-noyabr 1801
- Vafoti
- 22-sentabr 1872
Vladimir Ivanovich Dal [adabiy taxallusi – Kazak Luganskiy; 1801. 10 (22). 11, Lugansk sh.– 1872. 22. 9(4. 10), Moskva] – rus olimi, yozuvchisi va lugʻatshunosi. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1838), faxriy akademigi (1863). Derpt (hozirgi Tartu) universiteti tibbiyot fakultetini tugatgan (1829).
Asosiy asari – «Jonli velikorus tilining izohli lugʻati» (1–4 jildlar; 1863–66) 200 mingga yaqin soʻzni oʻz ichiga olgan. Dal birinchi boʻlib rus tili shevalarini tasnifladi («Rus tili lahjalari haqida», 1852). «Rus xalqi maqollari»ni toʻplab nashr etdi (1861–62). Unda 30 mingdan ortiq maqol, matal va qochirim gaplar jamlangan. Bulardan tashqari, Dal qissa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Chipta kavushli tulk...
Vladimir Dal
Chipta kavushli tulki
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Chipta kavushli tulk...
Vladimir Dal
Chipta kavushli tulki
|
— | Ertak |
0.0
|