Vilyam Bekford

Vilyam Bekford

Tavalludi
29-sentabr 1760
Vafoti
2-may 1844
Qissa

Vilyam Bekford (William Thomas Beckford) 1760-yilda Londonda Angliyaning eng boy odamlaridan biri, lord-mer oilasida dunyoga keldi. Bu oilaning Vest-Indiyada bepoyon ekin dalalari, minglab qullari bor edi. Yamayka orolining talay qismi shu boy xonadoniga qarashli boʻlgan. Yosh Bekfordga buyuk meʼmor Chembers meʼmorchilikdan, Motsart esa musiqadan taʼlim berdi. Shu bois Bekford qobiliyatli bastakor, xushovoz xonanda ham edi. Yoshligidan u arab ertaklariga vobasta boʻlib qoladi. Hatto oiladagi yaqinlari uning bu shaydoligidan vahimaga tushib, arab ertaklarini yoʻqotish payiga tushib qoladilar, biroq zehndor Bekford allaqachon ularni yodlab olgan edi. “Vatek” qissasini u 22 yoshida fransuz tilida yozdi. Uning doʻsti Xenli ertakni ingliz tiliga tarjima qildi. Bundan xabar topgan Bayron Bekfordning bu va boshqa ertaklarini qoʻlyozmasidayoq oʻqish uchun keltirib berishlarini soʻrardi.
Hatto Pushkin davrida ham “Vatek” qissasi kutubxonalarning bezagi boʻlgan ekan.
Vilyam Bekford 1844-yilda qisqagina betoblikdan soʻng 84 yoshida olamdan oʻtadi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Vatek Vilyam Bekford
Vatek

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.