Viktoriya Tokareva

Viktoriya Tokareva

20.11.1937

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Mashhur rus adibasi Viktoriya Tokareva 1937-yili Leningradda tugʻilgan. Bolaligida u shifokor boʻlishni orzu qilgan boʻlsa-da, maktabni tamomlagach, fikri oʻzgarib, Leningrad konservatoriyasiga hujjat topshiradi. Toʻrt yil davomida musiqiy taʼlim olgan Viktoriya bir muddat Moskva yaqinidagi qishloq maktablarining birida musiqadan dars beradi.
1963-yili u aktrisalikka havas qilib, VGIKka oʻqishga kiradi. Aynan shu davrda Viktoriya Tokarevada ijodkorlik qobiliyati yuz koʻrsatib, ikkinchi kursdaligida “Yolgʻonsiz kun” degan dastlabki hikoyasi chop etilgan.
Adibaning “Xeppi end”, “Mening oʻrnimga”, “Qanotli otlar” kabi asarlari kitobxonlarga ayniqsa maʼqul boʻlgan. V. Tokareva asarlari koʻpincha A. P. Chexov ijodiga qiyos etiladi. Adibaning oʻzi ham bu buyuk yozuvchi ijodidan barakali saboq olganini eʼtirof etadi. Shuningdek, u Sergey Davlatov ijodiga alohida hurmat bilan qarashini taʼkidlaydi. V. Tokareva kino sohasida ham salmoqli faoliyat yuritgan.
Bugungi kungacha uning ssenariylari hamda hammuallifligida oʻn toʻrtta film suratga olingan. Ular orasida “Dadil boʻlmoq uchun yuz gramm”, “Tumor”, “Mimino” va “Omadli jentlmenlar” kino shinavandalari oʻrtasida juda mashhur.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Bo‘lmagan narsa haqida hikoya
Bo‘lmagan narsa haqida hikoya

0.0 (0)
Sig‘inmagil osmon deb
Sig‘inmagil osmon deb

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.