Viktor Vasilev

Viktor Vasilev

28.12.1921 31.08.1997

0.0 (0 ta baho)
Hujjatli qissa

Rossiyalik yozuvchi va jurnalist Viktor Vasilev XX asrning 50-yillari oxiridan nufuzli sport gazetasida shaxmat sharhlovchisi sifatida mehnat faoliyatini boshladi. Xizmat yuzasidan taniqli grossmeysterlar bilan muloqotlar uyushtirish, qizgʻin bahslarning shohidi boʻlish va musobaqalardan hisobotlar tayyorlash orqali shaxmatning sirli olamiga kirib bordi. Uning maqola va asarlarida asosiy eʼtibor shaxmat kurashining ruhiyatiga qaratilardi. Shu bois uning jahon chempionlari – Mixail Botvinnik, Vasiliy Smislov, Tigran Petrosyanga bagʻishlangan asarlari va boshqa mavzulardagi maqolalari oʻquvchilar tomonidan katta qiziqish bilan oʻqilardi. Ayniqsa, Viktor Vasilevning shaxmat boʻyicha sakkizinchi jahon chempioni Mixail Tal (1936–1992) hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “Tal tilsimoti” hujjatli qissasi keng kitobxonlar tomonidan yuqori baholandi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Tal tilsimoti
Tal tilsimoti

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.