Viktor Nekrasov

Viktor Nekrasov

17.06.1911 03.09.1987

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Rus yozuvchisi Viktor Nekrasov 1911-yili Kiyevda tugʻilgan. Viktor Nekrasov adabiyotga urushdan keyin kirib kelgan. Uning birinchi kitobi – “Stalingrad xandaqlarida” qissasi bilan juda mashhur boʻlgan. Qissani oddiy kitobxon zoʻr qiziqish bilan, kommunistik mafkura muhiblari esa gʻashlik bilan qarshi oldilar, muallifni sovet tuzumining dushmani sifatida baholadilar. Adib bundan keyingi asarlarida ham, nima toʻgʻrisida yozmasin, hayot haqiqatini markazga qoʻyib qalam tebratdi. Bu shoʻro mafkurasi sharoitida juda qiyin ish edi. Tegishli tashkilotlar Nekrasovning asarlarini bosmaslikka, hatto nomini ham tilga olmaslikka buyruq berdilar. Yozuvchi muhojirlikka ketishga majbur boʻldi. U koʻp yillarini Parijda oʻtkazdi, oʻsha yerda bir qator esselar, xotiralar yaratdi.

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Qirol Nyu-Yorkda
Qirol Nyu-Yorkda

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.