Valentin Rasputin

Valentin Rasputin

Tavalludi
15-mart 1937
Vafoti
14-mart 2015
Hikoya Qissa Qissalar

Valentin Grigorevich Rasputin (1937. 15. 3, Irkutsk viloyati Ust-Uda qishlogʻi – 2015. 14. 03, Moskva) – rus yozuvchisi. Irkutsk universitetining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1959). Dastlabki hikoyalar toʻplami – “Leshkadan soʻrashni unutibman” (1961). “Narigi dunyoning odami” (1965), “Ayiq terisi sotiladi”, “Osmonga yaqin oʻlka”, “Yangi shaharlardagi gulxanlar” (1966), “Vasiliy va Vasilisa” (1967) singari hikoya va ocherklar toʻplamlari muallifi. “Mariya uchun pullar” (1967), “Soʻnggi muddat” (1970), ayniqsa, “Yasha va yodda tut” (1974) qissalari rus adabiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan. U ijodining dastlabki davrida taygada yashovchi kishilarga xos romantikani tasvirlashga, ular irodasini va tabiat bilan uygʻunligini koʻrsatishga koʻproq moyil boʻlgan boʻlsa, keyinchalik kuchli kishilar xarakterini yaratish, ularning murakkab ruhiy olamini, ular bilan jamiyat oʻrtasidagi ziddiyatlarni ochish, ularning jamiyat va tabiat bilan kurashdagi matonatini koʻrsatishga intilgan. Rasputinning “Matyora bilan vidolashuv” (1976) va “Yongʻin” (1985) asarlari yangi rus nasri taraqqiyotida muhim voqea boʻldi. Rasputinning soʻnggi asarlari oʻzbek tiliga tarjima etilgan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Omon boʻlsang unutma Valentin Rasputin
Omon boʻlsang unutma

0.0 (0)
Yongʻin Valentin Rasputin
Yongʻin

0.0 (0)
Frantsuz tili saboql... Valentin Rasputin
Frantsuz tili saboqlari

0.0 (0)
Soʻnggi muhlat Valentin Rasputin
Soʻnggi muhlat

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.