U

Umar Sayfiddin

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Turk hikoyachiligining mumtoz vakili, jurnalist va zobit Umar Sayfiddin 1884-yili Turkiyaning Belikesir shahrida dunyoga keldi. Avval Usmoniya maktabida, so‘ngra harbiy bilim yurtlarida o‘qigan Umarning ilk ijod mahsuli 1900-yili “Majmuai adabiyya”da chop etildi. 1906-yili Izmirdagi jandarm maktabiga o‘qituvchi bo‘lib ishga kirdi. Shu yillarda Izmirda chop etiladigan “Sebat”, “Xizmat”, “Sarbast” kabi gazetalarga maqolalar yozdi. Umar Sayfiddin harbiy harakatlarda ishtirok etarkan, ijodni ham tark etmadi. 1911-yili “Yosh qalamkashlar” jurnalida uning “Yangi lison” nomli maqolasi imzosiz chop etildi. Maqolada milliy tilni asrab qolish, boshqa tillardan so‘z olgandan ko‘ra, uning milliy muqobillarini topish, adabiyotni xalq tiliga yaqinlashtirish kabi jiddiy masalalar ko‘tarilgan edi. Uning “Bahor va qaldirg‘ochlar”, “Qo‘zg‘olish xabari”, “Primo Turk bolasi”, “Ont” va “Ishq to‘lqini” kabi hikoyalari ham ayni shu jurnalda bosildi. Leytenant Umar Sayfiddin 1912-yilda Bolqon urushida qatnashdi va Yanya yaqinida yunon armiyasiga asirga tushdi. “Pastkash”, “Mahdiy”, “Hurriyat Bayroqlari” nomlı hikoyalarida asirlikdagi hayotini qalamga oldi. Bu hikoyalar “Xalqqa to‘g‘ri”, “Turk yurti” va “Zako” kabi jurnallarda nashr etildi. Bir yillik asirlikdan so‘ng, 1913-yili Istanbulga qaytdi va harbiylikni tashlab, “Turk So‘zi” jurnaliga muharrirlik qila boshladi. 1914-yildan umrining oxirigacha Kabatash maktabida adabiyotdan dars berdi. Umar Sayfiddin 1920-yili 36 yoshida qand kasalidan vafot etdi. Umar Sayfiddinning “Tarix azaliy takrordir” (1910), “Haram” (1918), “Efruz Bey” (1919), “Qahramonlar”, “Bomba”, “Haram”, “Uzun poshnalar”, “Halollik”, “Yolg‘iz bahodir”, “Iskanja”, “Ishq to‘lqini”, “Oq Lola”, “Sirli amaliyot”, “Forsa”, “Badal” (“Yoshlik” jurnalida chop etilgan), “Pushti durli yoqa” kabi asarlari mashhur.

Kitoblar (10)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Zaytun va non Umar Sayfiddin
Zaytun va non

0.0 (0)
Karomat Umar Sayfiddin
Karomat

0.0 (0)
Qurbaqa duosi Umar Sayfiddin
Qurbaqa duosi

0.0 (0)
Cho‘qmor Umar Sayfiddin
Cho‘qmor

0.0 (0)
Baland poshnalar Umar Sayfiddin
Baland poshnalar

0.0 (0)
Ilk jinoyat Umar Sayfiddin
Ilk jinoyat

0.0 (0)
Forsa Umar Sayfiddin
Forsa

0.0 (0)
Ont Umar Sayfiddin
Ont

0.0 (0)
Yakkama-yakka Umar Sayfiddin
Yakkama-yakka

0.0 (0)
Qizil durli ko‘ylak Umar Sayfiddin
Qizil durli ko‘ylak

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help