Turg‘un Po‘lat

image
3
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
qissa hikoya

Turgʻun Poʻlat 1928-yilning 20-noyabr kuni Namangan viloyati Uychi tumani Mashad qishlogʻida xizmatchi oilasida tavallud topdi. Biroq bolaligi urush davriga tutash boʻlganligidan bor-yoʻgʻi 9-sinfgacha oʻqiy oldi. Hayotning oʻzi ham muallim, ham dorilfunun vazifasini bajardi. Otasi kabi u ham ona qishlogʻi Mashadda hisobchilikdan mehnat faoliyatini boshladi. Keyinchalik viloyat qishloq xoʻjaligi bankida ishni davom ettirdi. Ayni chogʻda “Namangan haqiqati” viloyat gazetasi bilan hamkorlik qilib, ilk sheʼrlari, publitsistik maqola va felyetonlarini chop ettirdi. Pirovardida hisobchi, bank xodimidan mohir jurnalist va adib sifatida elga tanila bordi. Ayniqsa, 50-yillarning oʻrtalarida Toshkentga koʻchib kelishi uning orzu va istaklari roʻyobga chiqishida muhim oʻrin tutdi. Turgʻun Poʻlat avji ijodi ravnaq topayotgan bir davrda, aniqrogʻi, 1974-yilning 27-aprelida toʻsatdan vafot etgan. V. Ovechkinning “Rayonning ish kunlari” ocherkini, P. Brovkaning “Daryolar tutashganda” romanini, A. P. Pokrishkinning “Urush osmoni”, partizanlar komandiri A. P. Saburovning “Zafarli bahor” esdaliklarini oʻzbekchaga agʻdarganman. 1971-yilda oʻzimning “Vodiylarni kezganda” ocherklar kitobim bosilib chiqdi”. Garchi Turgʻun Poʻlat adabiyotning qutlugʻ dargohiga sheʼriyat bilan kirib kelgan boʻlsa-da, asosan, nasr borasida jiddiy mashgʻul boʻlib, “Ayollar isyoni” (1967), “Jigʻildon qori” (1970), “Toʻraxoʻja” (1970) kabi hajviy hikoyalarini yaratdi. Adib “Hoji hisobchining hikoyalari” turkumi va shu zaminda tugʻilgan “Mirrixdan kelgan mehmon” (1973) kitobi bilan adabiy-ilmiy jamoatchilikning eʼtiborini qozondi. Shuningdek, u “Tabarruk zaminda” (1970), “Xotinboz” (1972) hamda vafotidan keyin nashr etilgan “Yalovbardor” (1986) kabi kitoblari bilan ham adabiy jarayonga oʻz ulushini qoʻshdi. Biroq u qancha sheʼr yozmasin, felyeton yoki hikoya yaratmasin, hatto tarjimonlik bilan mashgʻul boʻlmasin, u oʻsha “Ichkuyov” (1975) qissasi bilan 70-yillar oʻzbek nasri tarixida qoladi. Zero, “Ichkuyov” 70-yillar oʻzbek nasrida yangi fikr, yangi qarash, hayot haqiqatini roʻy-rost koʻrsatish nuqtai nazaridan muhim edi. Shu tufayli ham u tez orada koʻp qismli telefilm lentasiga koʻchdi. 1979-yilda ana shu film ijodkorlari qatorida adibga ham Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. Soʻnggi yillarda uning “Ichkuyov” nomli saylanmasi (2000) yangidan nashr boʻlib, unga adibning tugallanmay qolgan “Odamiy ersang…” nomli romani ham kiritildi. U Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi (1958) hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1971) aʼzosi boʻlgan.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz