To‘ra Sulaymon

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Toʻra Sulaymon (1934. 15. 2, Baxmal tumani – 2005) – Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning oʻzbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1964).“Guliston”, “Sirdaryo haqiqati” gazetalarida xodim, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimida masʼul kotib (1972–77), adabiy maslahatchi (1977–81) boʻlib ishlagan. Ijodi 50-yillardan boshlangan. Ilk sheʼrlar toʻplami – “Istar koʻngil” (1962). “Qorasoch” (1965) dostoni taniqli ijodkorlar, tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. “Men qayga borar boʻlsam” (1965), “Jahongashta” (1970), “Hamqishloqlarim” (1973), “Intizor” (1973), “Sirdaryo qoʻshiqlari” (1974), “Iltijo” (1976), “Alhazar” (1976), “Toʻyboshi” (1977), “Sizni eslayman” (1980), “Qorakoʻzginam” (1981), “Gulshan” (1988), “Sarvinoz” (1990), “Harsang” (1994), “Jahonnoma” (1996), “Gul bir yon, chaman bir yon” (1996), “Yovqochdi” (1998), “Sayhon” (2003), “Mamlakatning tayanch nuqtasi” (2004) kitoblari nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlari qoʻshiq qilingan. Toʻra Sulaymon xilma-xil janrlarda qalam tebratadi. Shoirning sof lirik sheʼrlari, qasida va faxriyalari, manzumalaridan tashqari, xalq yoʻlida bitilgan, oʻz davrining dolzarb masalalariga bagʻishlangan, voqelikni qadimgi baxshilar nazari bilan koʻrib, oʻxshatma yoki nazira shaklida yozilgan asarlari ham oʻziga xos xalqchilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, “Ergash Jumanbulbul el kezadi” turkumidagi baxshiyona sheʼr va dostonlari oʻzbekning milliy gʻururini tiklashga munosib hissa qoʻshgan asarlar sirasiga kiradi. Toʻra Sulaymon asarlari faqat ifoda tarzi yoki ohangi bilangina emas, tasvirdagi samimiyat, oʻxshatishlarning oʻziga xosligi nuqtai nazaridan ham xalqchil. Uning ijtimoiy hayotning dolzarb muammolariga bagʻishlangan publitsistik maqolalari ham bor (“Mamlakatning tayanch nuqtasi”, maqolalar toʻplami, 2004).

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 To‘ra Sulaymon
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz