- Tavalludi
- 1-iyun 1963
Toʻlqin Eshbek 1963-yil 1-iyun kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan (1985). 2006-yil 28-avgustdan buyon Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMU jurnalistika fakulteti «Ommaviy aloqalar va reklama» kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2011-yildan buyon dotsenti, shu bilan bir qatorda OʻzMU axborot xizmati rahbari lavozimida ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Toʻlqin Eshbek “Tahririyat ishini tashkil etish” (2001), “OAVda reklama sanʼati” (2003), “Axborot xizmati: ishlash usullari va tamoyillari” (2009), “Mafkura maydonida axborot-psixologik xavfsizlik” (2011), “Axborot-psixologik xavfsizlik: nazariya va amaliyot” (2013) oʻquv qoʻllanmalari, hammualliflikda “Jahon jurnalistikasi tarixi” (2008), “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” (2013) darsliklari va “Jurnalistika, maʼnaviyat, jamiyat” (2010) risolasi chop etilgan. U “Jigarbandlar” (1992), “Shabada esgan kun” (1993), “Qishloqlik bola qissasi” (1994), “Jaydari hangomalar” (1996), “Adashgan qiz qismati” (2000), “Hayot karvonlari” (2005) nasriy toʻplamlari muallifi. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi. Adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati (1993), jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori (2008) boʻlgan.
Kitoblar (4)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
|
Ikki asr odami
Toʻlqin Eshbek
Ikki asr odami
|
— |
0.0
(0)
|
|
Javob
Toʻlqin Eshbek
Javob
|
— |
0.0
(0)
|
|
Ostonaqul buvaning d...
Toʻlqin Eshbek
Ostonaqul buvaning daftari
|
— |
0.0
(0)
|
|
Ostonaqul buvaning “...
Toʻlqin Eshbek
Ostonaqul buvaning “boyliklari”
|
— |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
|
Ikki asr odami
Toʻlqin Eshbek
Ikki asr odami
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Javob
Toʻlqin Eshbek
Javob
|
— | Hajviya |
0.0
|
|
Ostonaqul buvaning d...
Toʻlqin Eshbek
Ostonaqul buvaning daftari
|
— | Hikoya |
0.0
|
|
Ostonaqul buvaning “...
Toʻlqin Eshbek
Ostonaqul buvaning “boyliklari”
|
— | Hikoya |
0.0
|