Toʻlepbergen Qaipbergenov

Toʻlepbergen Qaipbergenov

Tavalludi
7-may 1929
Vafoti
14-sentabr 2010
Esse Qissa Roman Tarixiy Tragediya

Toʻlepbergen Qaipbergenov 1929-yili Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumanida tugʻildi. Mehnat faoliyatini 1947-yili maktab oʻqituvchisi sifatida boshladi. Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlaganidan soʻng koʻp yillik ijodiy va tashkilotchilik faoliyatini qoraqalpoq milliy matbuoti rivojiga bagʻishlab, “Qaraqalpaqstan jaslarы” gazetasi muharriri, “Qaraqalpaqstan” nashriyoti direktori, “Sovet Qaraqalpaqstanы” gazetasi muharriri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Radioeshittirishlar va televideniye qoʻmitasi raisi, Matbuot, poligrafiya va kitob savdosi boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari kabi masʼul vazifalarda sidqidildan mehnat qildi. U 1980-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida samarali faoliyat olib borib, qoraqalpoq adabiyoti va sanʼatini rivojlantirish, yosh shoir va adiblarni tarbiyalash ishiga katta hissa qoʻshdi. T. Qaipbergenov jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib, bir necha bor Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va Nukus shahar kengashi deputatligiga saylandi. Toʻlepbergen Qaipbergenov oʻzining yarim asrdan ziyod davom etgan yozuvchilik faoliyati davomida katta va sermazmun ijod yoʻlini bosib oʻtdi. Oʻz asarlarida qoraqalpoq xalqining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyat va anʼanalarini yuksak mahorat bilan tarannum etdi. Uning qalamiga mansub “Rahmat, muallim”, “Sovuq bir tomchi”, “Kotib”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”, “Gumrohlar” singari qissa va romanlar,“Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi adabiyotimiz xazinasidan munosib oʻrin egalladi. Bu asarlarning aksariyati jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilinib, bir qator nufuzli adabiy mukofotlarga sazovor boʻlgan edi. Jonkuyar adibning keyingi yillarda eʼlon qilingan publitsistik chiqishlarida mustaqilligimizning maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, qoraqalpoq zaminida amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarish va yangilanishlar jarayonini aks ettirish, bagʻrikeng xalqimizning bunyodkorlik mehnatini ulugʻlash, Orol muammosiga jamoatchilik eʼtiborini qaratish mavzulari alohida oʻrin egalladi. Atoqli yozuvchining adabiyotimizni rivojlantirishdagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi”, “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari, “Shuhrat” medali, “Doʻstlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari hamda Vatanimizning oliy mukofoti – “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Kitoblar (7)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Qoraqalpoqnoma
Qoraqalpoqnoma

1978

5.0 (2)
Qoraqalpoq dostoni.... Toʻlepbergen Qaipbergenov
Qoraqalpoq dostoni. 3 jildlik. 2-jild. Baxtsizlar

3.7 (3)
Qoraqalpoq dostoni.... Toʻlepbergen Qaipbergenov
Qoraqalpoq dostoni. 3 jildlik. 3-jild. Gumrohlar

5.0 (1)
Koʻz qorachigʻi Toʻlepbergen Qaipbergenov
Koʻz qorachigʻi

5.0 (2)
Rahmat, muallim Toʻlepbergen Qaipbergenov
Rahmat, muallim

3.5 (2)
Oydoʻs bobo Toʻlepbergen Qaipbergenov
Oydoʻs bobo

5.0 (1)
Qoraqalpoq dostoni.... Toʻlepbergen Qaipbergenov
Qoraqalpoq dostoni. 3 jildlik. 1-jild. Mamanbiy afsonasi

3.0 (2)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.