T

Tinimboy Nurmag‘ambetov

10.06.1945

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Tinimboy Nurmagʻambetov (10. 6. 1945, Qiziloʻrda viloyati) – qozoq yozuvchisi. Qiziloʻrda pedagogik institutini (1968), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi oliy adabiyot kursini bitirgan (1981). Qiziloʻrda viloyati radio komitetida, “Yozuvchi” nashriyotida muharrir, “Qazaqfilm” kinostudiyasi ssenariylar kollegiyasida turli xizmatlarda ishlagan. 1996-yildan “Qozoq eli” gazetasi muharririning oʻrinbosari. Birinchi hikoyalar toʻplami 1971-yili “Qovun hidi” nomi bilan chop etilgan. U “Yoʻqolgan koʻl”, “Kampirlar hukmi” pyesalari, “Turnalar uchib boradi” telefilmi ssenariysi muallifi. Kitoblari: “Xayr, ota”. Qissa va hikoyalar (1972); “Qaldirgʻoch uyasi”. Qissa va hikoyalar (1975); “Ota hovlisi”. Hikoyalar (1980); “Daryoning narigi tomoni”. Qissa va hikoyalar (1981); “Boyteraklar”. Qissa va hikoyalar (1986); “Ovul tutuni”. Roman. (1989); “Tanlangan asarlar” (1997); Ikki jildlik saylanma (2005–2006); “Afgʻon qushlari” (2009).

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Chinorgul
Chinorgul

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.