Teodor Drayzer

Teodor Drayzer

Tavalludi
27-avgust 1871
Vafoti
28-dekabr 1945
Hikoya Ijtimoiy-psixologik Klassika Realizm Roman

Teodor German Albert Drayzer (Dreiser) (1871. 27. 8, Terre-Xot – 1945. 28. 12, Gollivud) – Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi. «Chikago deyli nyus» («Chicago Daily News») gazetasi muharriri (1892). Birinchi yirik asari «Baxti qaro Kerri» (1900) va «Jenni Gerxardt» (1911) romanlarida oddiy qizlar taqdiridagi ijtimoiy-axloqiy masalalar tasvirlangan. «Istak trilogiyasi» («Moliyachi», 1912; «Titan», 1914; «Matonat» 1947) yulgʻichlikning foydasizligini tushunib yetgan moliyachi haqida. «Daho» (1915) va «Amerika fojiasi» (1925) romanlarida pulning sanʼat ustidan fojiali hukmronligi va qanday yoʻl bilan boʻlmasin, ijtimoiy «yutuqqa» erishishga intilgan «oʻrta hol» yigitning maʼnaviy halokati hikoya qilinadi. «Tayanch» (1946) romani, «Yigirma erkak» (1919), «Katta shahar ranglari» (1923), «Zanjirlar» (1927) «Ayollar galereyasi» (1929) novellalari, «Baraban qoq!» (1920), «Fojiaviy Amerika» (1931) va boshqa publitsistik toʻplamlari nashr etilgan. Drayzer Amsterdamda oʻtkazilgan tinchlik va madaniyatni saqlash boʻyicha kongress tashkilotchilaridan biri (1932). Drayzer oʻz ijodida realizm bilan naturalizm tamoyillarini birlashtirgan. «Baxti qaro Kerri» (1973), «Amerika fojiasi» (1976), «Jenni Gerxardt» (1982) romanlari oʻzbek tilida nashr qilingan.

Kitoblar (11)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Amerika fojiasi
Amerika fojiasi

1925

4.8 (4)
Sarmoyador
Sarmoyador

1911

0.0 (0)
Baxtiqaro Kerri Teodor Drayzer
Baxtiqaro Kerri

4.0 (1)
Neft Teodor Drayzer
Neft

0.0 (0)
Izgʻirinda Teodor Drayzer
Izgʻirinda

0.0 (0)
Qudratli Rurk Teodor Drayzer
Qudratli Rurk

0.0 (0)
Omonat Teodor Drayzer
Omonat

0.0 (0)
Janna Gerxardt Teodor Drayzer
Janna Gerxardt

5.0 (1)
Qoracha Jef Teodor Drayzer
Qoracha Jef

0.0 (0)
Gʻaroyib jumboq Teodor Drayzer
Gʻaroyib jumboq

0.0 (0)
Erk Teodor Drayzer
Erk

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.