Tariq Bug‘ro

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Zamonaviy turk adabiyotining mashhur yozuvchilaridan biri, usta romannavis va dramaturg Tariq Bugʻro 1918-yilning 2-sentyabrida Turkiyaning Koʻniyo viloyatiga qarashli Oqshahar tumanida tugʻildi. Tariq Bugʻroning ilk asari “Akkumulyatorli radio” nomli pyesasi shahar teatrlarida katta mahorat bilan ijro etiladi. Adib keyinroq bu pyesani kengaytirib romanga aylantiradi va “Yolgʻizlar” nomi bilan chop ettiradi. Unga katta shuhrat keltirgan “Oʻgʻlimiz” nomli hikoyasini 1948-yilda yozdi. Bu hikoya “Jumhuriyat” gazetasining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Tariq Bugʻro 1949-yilda bir necha hikoyasini toʻplab “Oʻgʻlimiz” nomi bilan kitob holida nashr ettirdi. Shundan keyin adibning “Ertaga deya koʻrma”, “Ikki uyqu orasida”, “Qora kahrabo”, “Firʼavnning imoni”, “Yomgʻirni kutib” va boshqa kitoblari nashrdan chiqdi. Tariq Bugʻro koʻplab sahna asarlari bilan turk dramaturgiyasining rivojiga katta hissa qoʻshdi. Uning “Oyoqqa turishni xohlayman” va “Uch oʻyin” nomli kitobiga jamlangan barcha pyesalari sahnalashtirilgan. Bugungi kunda ham teatrlarda muvaffaqiyat bilan ijro etilmoqda. Tariq Bugʻro 1994-yilning 26-fevralida Istanbulda vafot etdi. Hozirda Turkiyaning turli viloyat va shaharlarida uning nomi bilan ataladigan maktab, litsey, koʻcha, xiyobonlar mavjud. Adib tugʻilib oʻsgan Oqshahar va Anqaradagi Milliy kutubxona bogʻiga uning haykali oʻrnatilgan.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Tariq Bug‘ro
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz