Tadeush Dolenga-Mostovich

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
5.0
Reyting
Janrlari:
roman

Tadeush Dolenga-Mostovich (polyakcha Tadeusz Dołęga-Mostowicz, 10-avgust 1898, Okunevo  – 20-sentyabr 1939) – polyak yozuvchisi, jurnalist, ssenarist. Kiyev universitetida taʼlim olgan. 1922-yildan Varshavada yashagan, 1922–1926 “Rzecz Pospolita” gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. 1925-yildan T. M. taxallusi bilan hikoya va felyetonlar yoza boshlagan. Uni mashhur qilgan asar “Nikodim Dizmaning martabasi” (oʻzbek tiliga “Muttahamning parvozi nomi bilan tarjima qilingan”) romanidir. Asarda oddiy muttaham, yalqov va kaltabin Nikodim Dizma Varshavaga ish qidirib kelishi va tasodif tufayli yirik davlat arbobi boʻlib qolishi voqealari tasvirlanadi. 1932-yili uning “Kivonlar”, “Toʻlanmagan cheklar”, “Alitsiya prokurori Gorn” qissalari chop etiladi. Mostovichning “Aka-uka Dalch va Ko” (1933), “Malinovskaya xonimning dunyosi” (1934), “Tabib” (1937), “Professor Vilchur” va “Pan Gankaning kundaligi” (1939) asarlari ham mashhur.

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz