S

Sunnatulla Anorboyev

09.09.1922 30.03.2003

0.0 (0 ta baho)
Hikoya Roman

Sunnatulla Anorboyev 1922-yil 9-sentyabrda Turkiston shahri, Qoratogʻ etagida joylashgan Qarnoq qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1973). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1946). Birinchi kitobi – “Hikoyalar” (1957). “Oqsoy shalolalari” (1958), “Toʻrtkoʻzning boshidan kechirganlari” (1962), “Mehr” (1964), “Umr” (1972), “Qissalar” (1974), “Oltin qoziq” (1976), “Suzib borar arxarlar” (1982) kabi qissalar toʻplami nashr etilgan. “Goʻzallik izlab” (1960), “Xayr, bogʻchajon, bogʻcha!” (1962), “Hamsuhbatlar” (1969), “Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar”, “Ustoz va shogirdlar” (1970), “Parvoz” (1973), “Yaxshilik urugʻi” (1986), “Yaylov gurunglari” (1988), “Anqov” (1999), “Saylanma” (1986, 2 jildli) singari ocherklar va hikoyalar toʻplamlari muallifi. “Oqsoy” (1961), “Sayli” (1979) romanlari rus tili va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchi 2003-yil 30-martda Toshkent shahrida vafot etgan.“El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan (1999).

Kitoblar (3)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Stalinchi bobo Sunnatulla Anorboyev
Stalinchi bobo

0.0 (0)
Sayli Sunnatulla Anorboyev
Sayli

0.0 (0)
Yaxshilik urug‘i Sunnatulla Anorboyev
Yaxshilik urug‘i

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help