Stefan Sveyg

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Buyuk adib Stefan Sveyg (Stefan Zweig) 1881-yilning 28 noyabrida Vena shahridagi badavlat xonadonda, toʻqimachi korxona egasi Morits Sveyg oilasida dunyoga keldi. 1900-yilda gimnaziyani tamomlab,Vena universitetining falsafa fakultetiga tahsil ola boshladi. Talabalik chogʻidayoq “Kumush torlar” deb nomlangan ilk sheʼriy kitobchasini nashr ettirdi va uni pochta orqali taniqli shoir Rayner Mariya Rilkega yubordi. Mana shu ilk kitobchadan boshlab Stefvn Sveyg bilan Rayner Mariya Rilke oʻrtasida juda uzoq davom etgan doʻstlik rishtalari bogʻlandi. Universitetni tamomlagan Stefan Sveyg dunyo boʻylab sayohatga otlandi. Dastlab Yevropa shaharlarini, keyinchalik Osiyo va Amerika qitʼasidagi koʻplab shaharlarni tomosha qildi. Birinchi jahon urushi oxirlab qolgan 1917-yildan boshlab u Shveytsariyada istiqomat qiladi. Ayni shu paytlari u buyuk fransuz adibi Romen Rollan bilan doʻstlashadi. 1922-yildan boshlab Stefan Sveyg nomini mashhur qilgan kitoblar birin-ketin nashr etildi. Ayniqsa, adibning tarixiy-biografik yoʻnalishda yozilgan “Erazm Rotterdamusning shukuhi va fojiasi” (1934), “Mariya Styuart” (1935) asarlari yangilanayotgan Yevropa adabiyotida katta oʻzgarish yasadi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Stefan Sveygni Yevropadan Amerika qitʼasiga bosh olib ketishga majbur qildi. Fashizmning ashaddiy dushmani boʻlgan adib natsistlarning Yevropa boʻylab gʻolibona yurishlariga toqat qilolmadi va ruhiy tushkunlik natijasida 1942-yilning 22-fevralida oʻz joniga qasd qilib, hayotdan koʻz yumdi. Stefan Sveygning fojiali oʻlimi haqida Erix Mariya Remark oʻzining “Jannatdagi soyalar” romanida shunday satrlarni bitgan edi: “Agar olis Braziliyada oʻz jonlariga qasd qilgan Stefan Sveyg va uning xotini oʻsha fojiali oqshom biror bir kishiga oʻz his-tuygʻularini toʻkib solish imkoniga ega boʻlganlarida edi, bu dahshatli oʻlim yuz bermagan boʻlardi. Afsuski Sveyg begona yurtda va begona odamlar orasida yashayotgan edi”.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Stefan Sveyg
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz