Somdev

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
birinchi kitob rivoyat

XI asrda Kashmirda yashab oʻtgan buyuk hind shoiri Somdev 1063 va 1082-yillar oraligʻida jami 18 kitob (lambak)dan iborat “Dostonlar ummoni” asarini yozgan. U hindi tilida “Katha-sarit-saʼgar” deb ataladi. Undan ilgari ham Budhsvamin va Kshemendr degan ulkan shoirlar ham shu asarni oʻz talqinlarida yozgan boʻlsalar-da, ularning uchalasi uch mustaqil asar sifatida oʻqiladi. Ammo badiiy va ijtimoiy jihatdan Somdevning “Dostonlar”i avvalgilaridan koʻra katta ustunlikka ega.
Oʻquvchida aniqroq tasavvur paydo qilish uchun uni mashhur “Ming bir kecha”ga qiyoslash mumkin. Somdev, maʼlumki, bu asarini masnaviy shaklida yozgan boʻlib, jami 21388 baytdan iborat. Bu “Iliada” va “Odisseya”ni birgalikda olinganidan bir yarim baravar koʻp degani. “Shoh Udayan qissasi” esa shu “Dostonlar ummoni”ning bir qismi boʻlib, dastlabki 5 kitobni oʻz ichiga olgan. Asliyat qadimgi sanskrit tilida sheʼriy usulda yozilgani uchun hind ijodkorlari xalq tushunishi oson boʻlsin uchun uni hozirgi hindi tilida nasrga aylantirganlar.

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz