Sofiya Kovalevskaya

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
ocherk

Sofiya Kovalevskaya – birinchi matematik olima, ajoyib adiba, teran fikrli adabiyotshunos, taniqli publitsist. U 1850-yilning 15-yanvarida Moskva shahrida harbiylar oilada dunyoga keldi. Birinchi matematik dotsent, professor sifatida tarixda iz qoldirdi. Ilm olish yoʻlida olima koʻp vaqtini Shvetsiyada oʻtkazdi, yashadi va ijod qildi. Shvetsiya, Germaniya universitetlarida tahsil olgan Sofiya Kovalevskaya matematika faniga olamshumul yangiliklar kiritdi. U nozik tabiatli, hissiyotli, kuzatuvchan, sheʼriyat dunyosiga oshna, oʻz davrining ulugʻ adib va shoirlariga hamnafas, hammaslak edi. Oʻzi ham ohangdor sheʼrlar, betakror tarjimalar, unutilmas bolalik xotiralari, ocherklar, adabiy maqolalar yaratdi. Saltikov – Shedrin, Turgenev va F. M. Dostoyevskiylar bilan yaqindan doʻstlashdi. N. A. Nekrasov, L. Tolstoy, M. Saltikov – Shchedrin kabi ulkan rus adiblarining ijodini hamisha qadrladi. Umri davomida koʻplab doʻstlar orttirdi – Arktika boʻyicha shved tadqiqotchisi N. A. E. Nordensheld, norvegiyalik sayohatchi F. Nansen, daniyalik adabiyotshunos G. Brandes, norveg dramaturgi G. Ibsen, shved adibi A. Strenburg, ayniqsa, shved adibasi A. Sh. Leffler bilan yaqin doʻst edi. Sofiya Kovaleskaya rus, nemis, fransuz, ingliz va shved tillarini mukammal oʻzlashtirgan, shu tillarda yozgan va maʼruzalar oʻqigan. Rossiya, Germaniya, Angliya, Fransiya adabiyotini chuqur bilardi. Unda adabiyotga ishtiyoq bolaligidan uygʻondi. Bu muhabbat tuygʻusi uni umrbod tark etmadi. U oʻzining “Bolalik xotiralari”da shunday yozadi: “ Men sheʼriyatni qattiq sevardim. U meni shunday sehrlab olgan ediki, besh yasharligimdan sheʼrlar yozishni boshladim”. Uning hayotida nima muhim edi – ilmmi yoki adabiyot? Yozish uning uchun qanchalik ehtiyoj darajasiga koʻtarilgan boʻlsa, matematika ilmi bilan shugʻullanish ham shunchalik zaruratga aylangan edi. Unda ilm va adabiyot nafasi uygʻunlashib ketgan edi. 1891-yil 10-fevralda vafot etgan Sofiya Kovalevskaya qisqa, lekin yorqin umr yoʻlini bosib oʻtdi.

1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz