S

Sobir Sayhon

Qissa

Sobir Sayhon Fargʻona viloyatining Toshloq tumanidagi Varzak qishlogʻida 1931-yili tugʻilgan. Sobir Sayhonning otasi Xolmuhammadxoʻja Asomiddinxoʻja mingboshi oʻgʻli oʻtgan asrning 20-yillarida qoʻrboshi Shermuhammadbek rahbarligida milliy-ozodlik harakatida faol ishtirok etganlardan biri. 30-yillarning boshlarida uning ota-onasi ham Fargʻonani tashlab ketishga majbur boʻlishadi. 1952-yili boshqa turkistonlik vatandoshlar kabi ularning oilasi ham Turkiyaga koʻchib oʻtadi. Sobir Sayhon Turkiyada, oldin Adana shahrida, 1964-yildan boshlab esa Istanbulda istiqomat qilib kelmoqda. Yoshligidan adabiyotga havas qoʻygan Sobir Sayhonning sheʼrlari, ilk hikoyalari, maqolalari 1953-yildan eʼlon qilina boshlagan. Keyinchalik uning vatan ishqi, fidoyilik va milliylik ruhi bilan sugʻorilgan bir qator asarlari Oʻzbekiston va Turkiyada bir necha bor chop etildi. Sobir Sayhonning Oʻzbekistonda 1992-yili “Tijorat va halol osh” maʼrifiy-tarbiyaviy risolasi, 1996-yili “Adashganlar” adabiy asari, “Toʻlgʻanoy” va “Emirilgan gʻurur” hikoyalar toʻplamlari chop etilgan. Bundan tashqari, 2006-yili “Vatan qidirgan yigit”, 2009-yili “Bugʻdoy ekib, arpa oʻrganlar”, 2010-yili esa “Egasini gʻajigan it” qissalari nashr etildi. U kishining asarlari asosida “Vatan yagonadir”, “Bir siqim tuproq”, “Birovning qarindoshi” kabi televizion filmlar yaratilgan. 1995-1996-yillar Sobir Sayhon ssenariysi asosida mamlakatimizda “Silsila” nomli tarixiy, badiiy film suratga olindi. Sobir Sayhon hurmatli oʻzbek adibi Odil Yoqubovning «Ulugʻbek xazinasi» asarini turk tiliga oʻgirib turkiyalik kitobxonlarga taqdim etgan. Sobir aka “Sayhon” taxallusi bilan sheʼrlar ham yozadi. Ushbu sheʼrlar Oʻzbekistondagi «Vatan» jamiyati tomonidan tayyorlangan sheʼriy toʻplamlarga kiritilgan.

Kitoblar (2)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Yurt sogʻinchi Sobir Sayhon
Yurt sogʻinchi

0.0 (0)
Bugʻdoy ekib arpa oʻ... Sobir Sayhon
Bugʻdoy ekib arpa oʻrganlar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.