S

Sobir Rustamxonli

0.0 (0 ta baho)
Hikoya

Shoir, publitsist, olim va jamoat arbobi. U 1946-yilda Yordamli tumanining Hamarkent qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni bitirgach, Boku Davlat universitetining filologiya boʻlimida oʻqigan. “Qishloq yoʻli” degan ilk sheʼri 1964-yilda “Ozarbayjon yoshlari” gazetasida bosilgan. “Adabiyot va injasanʼat” gazetasida, “Yozuvchi” nashriyotida bosh muharrir, Ozarbayjon respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida rais boʻlib ishlagan (1967– 1993). 1990-yilda deputat boʻlib saylandi; u “Vatandosh hamraylish” partiyasi raisi, Milliy Majlis deputatidir. Qirq yildirki, u oʻz sheʼrlari, oʻtli publitsistik asarlari, adabiy-ilmiy maqolalari bilan Ozarbayjon adabiyoti va jamiyatining rivojlanishiga, oʻz xalqi milliy tushunchasining shakllanishiga, yuksalishiga xizmat qilib kelmokda. Uning “Tanimoq istasang” (1970), “Sevgim, sevinchim” (1974), “Xabar kutib” (1979), ʼTanja qapusi” (1981), “Yasha, ona tilim” (1983), “Qon yoddoshi” (1986), “Umr kitobi” (1989), “Oʻlganda bayroqqa oʻralurmen”, “Ichimdagi dard ogʻochi”, “Bu yurt menga tanish”, “Zamon mendan kechar” (1995) kabi yigirmadan ortiq kitoblari bosilgan. Bu asarlarning koʻpchiligi rus, turk va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. Ayniqsa, “Umr kitobi” bir necha turkiy tillarga agʻdarilgan va ozarbayjondagi kitobxonlar mehrini qozongan.

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Tosh rangi
Tosh rangi

0.0 (0)
Qoyalar orasidagi qasam
Qoyalar orasidagi qasam

0.0 (0)
Singil
Singil

0.0 (0)
Shahnozning yodgori
Shahnozning yodgori

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.