S

Shodmon Otabek

Vafoti
3-mart 2025
Hajviya Hikoya Pyesa

Shodmon Otabek 1946-yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlogʻida tugʻilgan. Hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy Universitetni 1969-yili bitirgan. Respublika radiosida, Oʻzbekiston Milliy kinokompaniyasida, Toshkent Davlat madaniyat institutida, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida xizmat qilgan. 1992-yildan 2003-yilgacha “Xabar” gazetasida bosh muharrir boʻlgan. Turli yillarda yozuvchining “Mirzakolon Ismoiliy” (1978), “Yaproqdagi nur” (1979), “Odamiylik sinovlari” (1986), “Eng baxtli kun”, “Qorboʻron”, (1988, 2009), “Shaxmat abadiydir” (1990), “Shirmonbuloq oqshomlari” (1995) kabi kitoblari, shuningdek, “Yaxshi kunlarda koʻrishaylik”, “Birkam dunyo” qissalari chop etilgan. Adib atoqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy haqidagi ilmiy izlanishlarini davom ettirib, 2010-yili “Mirzakalon Ismoiliy saboqlari” degan kitobini nashr ettirdi. Shodmon Otabekning shoir va yozuvchilar hayotidan olib yozilgan, ustozlar – Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov soʻzboshi yozgan, toʻrt marta nashr qilingan “Doʻrmon hangomalari” kitobi mashhurdir. Bu kitob adabiy muhitning hazil-mutoyibalarga yoʻgʻrilgan bir tarixi sifatida ham qimmatlidir. Shodmon Otabek badiiy tarjima bilan ham jiddiy shugʻullanadi. U L. Tolstoy, M. Zoshchenko, V. Shukshin, B. Sarnov, Ye. Gik, A. Nesin asarlarini mahorat bilan oʻzbek tiliga oʻgirgan. L. Tolstoyning bolalarga atab yozgan hikoyalari va Aziz Nesinning hajviy hikoyalarini alohida kitob holida nashr ettirgan. Shodmon Otabekning asarlari rus, ukrain, qozoq, turk tillariga tarjima qilingan.“Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Kitoblar (10)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Aravakash Shodmon Otabek
Aravakash

0.0 (0)
Sen uchun yashayman Shodmon Otabek
Sen uchun yashayman

0.0 (0)
Arosat Shodmon Otabek
Arosat

0.0 (0)
Oriyat Shodmon Otabek
Oriyat

0.0 (0)
Taqdir soʻqmoqlari Shodmon Otabek
Taqdir soʻqmoqlari

0.0 (0)
Tavba Shodmon Otabek
Tavba

0.0 (0)
Koʻrichak qayerda bo... Shodmon Otabek
Koʻrichak qayerda boʻladi?

0.0 (0)
Xonadon Shodmon Otabek
Xonadon

0.0 (0)
Tanish notanish Shodmon Otabek
Tanish notanish

0.0 (0)
Raqibing boshliq boʻ... Shodmon Otabek
Raqibing boshliq boʻlsa

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.