Shavkat Bulut

image
1
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
0.0
Reyting
Janrlari:
hikoya

Shavkat Bulut 1936-yil 31-iyulda Kilisning Musabeyli nohiyasiga qarashli qishloqda dunyoga keldi. Boshlang‘ich ta’limni Kilisda oldi (1951). 1952-yilda Davlat bepul internati sinovidan o‘tib kirgan Adana Yapi institutini 1957-yilda,  Erzrum Gunduzler texnika bilim yurtini 1959-yilda tugatdi. Davlat bo‘limida texnik bo‘lib ishladi. 1986-yilda o‘z istagi bilan nafaqaga chiqqan Shavkat Bulut erkin faoliyat yurita boshladi. Ijod olamiga 1954-yilda “Gench Kilis” gazetasida bosilgan she’rlari bilan kirib kelgan Shavkat Bulut 1996-yilning 17-sentyabrida Qahramonmarashda olamdan o‘tdi. Hikoya kitoblari: “Alvasti” (1971), “Sariq mashinalar” (1974), “Tilak chinori” (1975), “Kafansiz o‘liklar” (1984), “Chegaradagi dala” (1996), “Vayron minora” (1996), “Bahorni ko‘rmagan bolalar” (1996), “Chuqur quduq” (nashr qilinmagan). Yozuvchining “Alvasti” nomli dastlabki kitobida eng oldin yozilgan hikoyasi “Ko‘zlari yoshli Maryam” 1966-yilda nashr etilgan. Shavkat Bulut hikoyachiligining boshlang‘ichini “Ko‘zlari yoshli Maryam” hikoyasi yozilgan 1966-yil deb belgilaydigan bo‘lsak, yozuvchi hikoya yozish uchun o‘ttiz yil mehnat qilganini ko‘ramiz. O‘ttiz yilda, “Chuqur quduq” kitobi bilan birga yuzdan ortiq hikoya, 1250 sahifaga yaqin sakkizta kitob: haqiqatan ham yozuvchilikni o‘zi uchun burch deb bilgan, iste’dodli, zo‘r ishtiyoq bilan ijod qilgan yozuvchiga  ro‘baro‘ bo‘lganimizni ko‘ramiz.

# Kitob nomi Muallif Janr Reyting Baholang
1 Shavkat Bulut
hikoya
0
Javonga
1 ta kitobdan 1 dan 1 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz